Jahon | 01:52 / 06.10.2018
56919
2 daqiqa o‘qiladi

Grozniyda birvarakayiga 200 nafar kelinchakning turmushga uzatilish marosimi o‘tkazildi - foto

Checheniston poytaxti Grozniy shahrining 200 yilligi munosabati bilan shahardagi gullar xiyobonida 200 nafar kelinchakning nikoh to‘yi uyushtirildi.

Chechen urf-odatlariga ko‘ra, kuyov to‘yda qatnashmaydi.

Foto: Yelena Afonina/TASS
Foto: Yelena Afonina/TASS
Foto: Yelena Afonina/TASS

Marosimda ishtirok etgan mahalliy qariyalarning RIA Novosti’ga hikoya qilib berishicha, kelinchaklar qadimiy chechen odati — «til tugunini yechish» marosimini o‘tashgan va shundan keyingina ularga gapirishga izn berilgan. Kelinchak, suxandonga suv keltiradi, u kelinchakdan ichishga izn so‘raydi. Faqat ruxsatni olgach, kelinchakka yo pul, yoki sovg‘a beriladi. Bu har qanday summadagi pul yoki qimmatbaho sovg‘a ham bo‘lishi mumkin», deyishgan qariyalar.

Foto: Ria novosti
Foto: Sputnik 
Foto: Ria novosti

Yubileyda Checheniston rahbari 200 ta kam ta'minlangan oilaga Grozniydagi yangi kvartiralarning kalitini ham topshirgan.

Foto: Yelena Afonina/TASS
Foto: Sputnik
Foto: Sputnik
Foto: Yelena Afonina/TASS

Grozniy shahriga asos solingan yil deya 1818 yil hisoblanadi. O‘shanda Sunji daryosi qirg‘og‘ida podsho generali Aleksey Yermolov buyrug‘iga ko‘ra «Grozniy» qal'asi quriladi.

Mavzuga oid