Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Braziliyada 7 oktabrda prezident, vitse-prezident, milliy kongressga (parlament) deputatlar, gubernator va vitse-gubernatorlar saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 147 mln braziliyalik mamlakat prezidenti va vitse-prezidentidan tashqari, 513 deputat, 53 senator va 27 gubernatorni saylashlari kerak bo‘ladi.
Asosiy e'tibor mamlakat prezidenti saylovlariga qaratilgan. Bu lavozim uchun 13 nomzod, jumladan: Sotsial-liberal partiyadan Jair Bolsonaru, Mehnatkashlar partiyasi vakili, San-Pauluning sobiq meri Fernandu Addad, Demokratik ishchi partiya nomzodi Siru Gomes, Sotsial-demokratik partiya nomzodi, San-Paulu shtatining sobiq gubernatori Jyeraldu Alkmin va “yashillar” nomzodi Marina Silva kurash olib bormoqda.
Saylovlar natijalariga ko‘ra birorta nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmasa, unda 28 oktabrda saylovlarning 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi va unda 1-bosqichda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod ishtirok etadi. Oxirgi so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, 2-bosqichga Jair Bolsonaru va Fernandu Addad katta ehtimol bilan o‘tishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025