Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada havo tozalovchi avtobus ishga tushdi
Jamoatchilik transporti atrof-muhitga ko‘plab zararli moddalarni chiqaradi. Biroq biz transportni ekologik toza qilgan taqdirimizda ham, bu bizni ifloslangan havo muammosidan xalos qila olmaydi. Go-Ahead kompaniyasi vakillari aynan shu muammo yechimini topishga harakat qilishdi - Buyuk Britaniya shaharlaridan birida yurgan yo‘lida havoni tozalovchi avtobus ishga tushdi.
Britaniya janubidagi Sautgempton shahri aholisi ushbu tajribada ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, Sautgempton dizel yoqilg‘isida ishlovchi harakatlanish vositalarining ko‘pligi tufayli Buyuk Britaniyaning eng ifloslangan shaharlaridan biri hisoblanadi, shunday ekan, tanlov o‘zini oqlaydi.
Pall Aerospace kompaniyasi mutaxassislari maxsus Bluestar filtrlarini ishlab chiqib, uni avtobusning tom qismiga joylashtirishdi. Filtr katta avtomobil spoyleri shaklida. U avtobus harakatga kelishi bilan ishlay boshlaydi. Zararli zarrachalar filtrda "o‘tirib", tashqariga toza havo chiqadi.
Tozalanayotgan havo hajmi ahamiyatsizdek ko‘rinishi mumkin, biroq bunday emas. Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, avtobus muntazam harakatlanayotgan vaqtda yo‘l uzra 10 metrgacha balandlikkacha bo‘lgan havo tozalanadi.
Avtobus tomiga katta filtrning joylashtirilgani transport vositasining harakati va uning yo‘lovchilariga halaqit bermaydi. Shuningdek, mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Sautgemptonning barcha avtobus parklariga shunday filtrlar o‘rnatilsa, shahar havosi yilda bir necha marta to‘liq tozalanar ekan.
Go-Ahead rahbari Devid Braun bu haqida shunday deydi: "Biz o‘z loyihamiz bilan avtobuslar nafaqat transport vositasi, balki ekologik muammolarning yechimi ham ekanini namoyish qilmoqchimiz".
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
18:08 / 22.05.2025