Jahon | 07:39 / 07.10.2018
29899
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 25 yil avvalgi qotillik sababli ko‘l quritiladi  

Germaniyaning Osterxolts tumanidagi (Quyi Saksoniya federal yeri) Titenze ko‘li 25 yil avval bir ayolning yo‘qolishi ishining tergov qilinishi doirasida quritiladi. Bu haqda NDR telekanali xabar qildi.  

Foto: NDR

Politsiya ko‘l tubida 1993 yilda yo‘qolgan ayol va jinoyatni sodir etishda qo‘llangan qurolni aniqlashga umid qilmoqda. Bu qurol ayolni o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxs qotillikni sodir etishdan 2 yil avval otasidan olgan to‘pponcha bo‘lishi mumkin. 

Foto: NDR

Tergovchilar ayolni o‘sha vaqtda u bilan birga yashagan 58 yoshli erkak o‘ldirgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblashmoqda. Ta'kidlanishicha, ayol yo‘qolib qolishidan avval erkak bilan aloqani uzmoqchi bo‘lgan va aynan shu holat jinoyatga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Mahalliy politsiyaning taxminicha, ko‘lni quritishga 3-5 kun vaqt ketadi. Bu ishlar doirasida qo‘shni ko‘lga 35 mln litr suv tortiladi. Ko‘lni quritish mahalliy tabiatni asrash idoralari bilan kelishilgan. Politsiya tegishli ishlarni bajargach, suv yana ko‘lga qaytariladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ayol yo‘qolib qolgandan bir yil o‘tgach, ya'ni 1994 yilda baliqchilar ko‘lda kosmetika, tish pastasi va ayolning nikoh uzugi solingan paketni topib olishgan. 

Foto: NDR
Foto: NDR
Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid