Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grozniyda Rossiyadagi eng baland flagshtok o‘rnatildi
Checheniston poytaxti Grozniyda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan kuni munosabati bilan Rossiyadagi eng baland flagshtok (bayroq o‘rnatiladigan ustun) o‘rnatildi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov ma'lum qildi.
Putin 7 oktabrda 66 yoshini qarshiladi.
“Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tavallud kuni munosabati bilan Grozniyda Rossiya va dunyodagi eng baland flagshtoklar o‘rnatildi. Bu kun va undan o‘rin olgan voqealar rekordlar kitobida qayd qilindi”, deb yozgan Qodirov Telegram-kanalida.
Rossiya rekordlar kitobining rekord o‘rnatilgani uchun topshirgan sertifikati suratiga ko‘ra, flagshtokning balandligi 73,5 metrni tashkil qiladi.