Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti saylovlarining 2-turi o‘tkaziladigan bo‘ldi
Braziliyada 7 oktabrda o‘tgan prezident saylovlarida nomzodlardan birortasi 1-turda g‘olib bo‘lish uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘proq ovozni to‘play olmadi. Saylovlar natijalariga ko‘ra, 2-turda Sotsial-liberal partiya nomzodi Jair Bolsonaru va Mehnatkashlar partiyasi vakili Fernandu Addad kurash olib boradi.
Foto: REUTERS
Dastlabki natijalarga ko‘ra, Bolsonaru 46 foiz, Addad 28 foiz ovoz to‘plagan. Saylovlarning 2-turi 28 oktabrda bo‘lib o‘tadi.
Sentyabrda pichoq bilan hujumdan keyin tiklanayotgan Bolsonaru shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra hozircha tarafdorlari oldida kam paydo bo‘lmoqda. U 2-turni yutish uchun tarafdorlarini safarbar qilishni davom ettirishini aytgan.
Addadning fikricha esa, Braziliyadagi demokratiya jiddiy xavflar bilan to‘qnashmoqda. U 2-tur arafasida demokratlarni birlashishga chaqirgan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025