Jamiyat | 13:07 / 08.10.2018
17251
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada aka pichoq bilan o‘z ukasining qonini to‘kdi

Illyustrativ foto

Farg‘ona viloyatning Buvayda tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, shu yil 7 oktabr kuni Nayman qishlog‘ida yashovchi X.E. uyida o‘zaro janjal oqibatida shu qishloqda yashovchi ukasi M.E.ga pichoq bilan jarohat yetkazishi natijasida M.E. kasalxonaga yotqizilgan. X.E. esa ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid