Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘llarda velosipedchilar uchun maxsus yo‘lkalar barpo etiladi
2019–2020 yillarda mamlakat mintaqalarida velosiped yo‘lkalari tarmog‘ini qurish rejalashtirilmoqda. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Norma’ning yozishicha, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2019–2020 yillardagi Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish ko‘zlanmoqda:
• mintaqaviy ahamiyatga molik umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarining chegaralarida qurilishini nazarda tutuvchi velosiped yo‘lkalarini qurishning manzilli ro‘yxati;
• bog‘lar, istirohat bog‘larida velosiped yo‘lkalarini qurishning manzilli ro‘yxati.
Bundan tashqari, mintaqalar hududiga kirishni ta'minlovchi mintaqaviy ahamiyatga molik umumiy foydalaniladigan magistral avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish uchun topshiriqlarni tayyorlash chog‘ida bundan buyon belgilangan tartibda ushbu yo‘llarning ajratilgan mintaqa doirasida velosiped yo‘lkalari qurilishini nazarda tutish taklif etilmoqda.
Ko‘zlangan rejalarni amalga oshirishni Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, mahalliy velosipedlar ishlab chiqarishni kengaytirish ko‘zlangan. Xususan, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida velosiped ishlab chiqaruvchi «Ya Mei Gong Ye Yuan» MChJ XKni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Loyiha rad etilishi, o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid
17:58 / 08.05.2022
Velosipedlar shahri - Stokholmdan reportaj
19:11 / 18.09.2018
Amerikalik ayol velosiped tezligini soatiga deyarli 300 kilometrga yetkazib jahon rekordini o‘rnatdi
12:01 / 15.08.2018
Belarus kompaniyasi O‘zbekistonda velosiped ishlab chiqarishni boshlaydi
00:32 / 10.02.2018