Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda «Damas» poyezd bilan to‘qnashdi, ikki kishi halok bo‘ldi
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma'lumotga asosan, 8 oktabr kuni soat 09:30larda Pop tumani «Uyg‘ur» qishlog‘i hududida joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasida «Damas» avtomashinasining yuk poyezdi bilan to‘qnashuvi ro‘y bergan.
FVV axborot xizmati xabariga ko‘ra, avtomashina svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamay, «Qo‘shminor-Pop-2» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan 3008-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida «Damas» avtomashinasida bo‘lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025