Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» qishda Azarni, yozda Neymarni sotib olmoqchi
«Real» klubi navbatdagi ikki transfer oynasi vaqtida yirik xaridlarga qo‘l urishni rejalashtirmoqda.
Yevropa matbuotida tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, madridliklar qishda «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar transferini hal qilib, yozda «PSJ»dan hujumchi Neymarni sotib olishni mo‘ljallamoqda.
«Real» belgiyalik xavbekni shu yil yozda ham sotib olmoqchi bo‘lgan, ammo London klubi 200 million yevro atrofida narx so‘ragani bois bu amalga oshmay qolgandi. Azar bilan shartnoma 2020 yil yozida nihoyasiga yetadi.
Neymarga kelsak, u «PSJ»ga kelganidan buyon 41 o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol muallifi bo‘ldi – bunday mahsuldorlik so‘nggi vaqtlarda gollar taqchilligiga duch kelayotgan «qirollik klubi»ning e'tiborini tortmay qolmayapti.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025