Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agent Zidan «Real»dan ketishi sabablari haqida gapirdi
«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanning agenti Alan Milyachcho mijozining «Qirollik klubi»dan ketish sabablarini oshkor qildi.
«Zidan ma'naviy jihatdan juda toliqqan edi, shu sababli «Real»ni tark etdi. U bir yilni futbolsiz o‘tkazishga qaror qildi va hozircha bu rejasini o‘zgartirmoqchi emas», — deb Milyachcho so‘zlarini keltirmoqda Sport.es.
Avvalroq, Zidanning xizmatiga «Manchester Yunayted» qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik klub bu xabarni inkor qildi.
Zidan 2,5 yil davomida «Real»ni boshqarib, uch marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi. Mutaxassis shu yil may oyida klubni tark etgandi.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025