Jahon | 23:28 / 10.10.2018
5746
2 daqiqa o‘qiladi

Yaman ochlik yoqasida: Har uch boladan biri to‘yib ovqatlanmaydi

2014 yildan buyon qurolli mojarolar davom etib kelayotgan Yaman aholisi ochlik xavfi ostida. To‘rt yillik urush natijasida u yerda og‘ir gumanitar inqiroz kuzatilmoqda. Bu ayniqsa bolalar orasida yaqqol sezilmoqda, deya xabar beradi "Anadolu" agentligi.

Og‘ir yashash sharoiti va oziq-ovqat mahsulotlarining yo‘qligi sabab yamanliklar o‘simliklarning ba'zi turlarini iste'mol qilishga majbur bo‘lishmoqda. 

Yaman shifoxonalari ochlik natijasida o‘lim xavfi ostida qolgan bolalar bilan to‘lib ketgan.

Ikki yoshli Rahmening onasi qashshoqlik tufayli Yaman shimoli-g‘arbidagi uyini tark etishga majbur bo‘lganini ta'kidlamoqda.

"Oziq-ovqat mahsulotlarimiz yo‘q edi. Qizimning ahvoli ochlik sabab yomonlashdi", - deydi ayol.

"Ansarulloh" harakatining "sog‘liqni saqlash vaziri" Taxa Al-Mutavakkilning ma'lum qilishicha, Yamanda ikki million bola to‘yib ovqatlanmadi, ularning aksariyati ochlik sabab o‘lim xavfi ostida.

"Yamanda har uchinchi bola to‘yib ovqatlana olmaydi. Har 10 daqiqada ichak infeksiyasi, to‘yib ovqatlanmaslik va yuqori harorat natijasida bir bola vafot etmoqda. Bundan tashqari, to‘qqiz bolaning sakkiz nafari kamqonlikdan aziyat chekadi. 200 ming ayol to‘yib ovqatlana olmaydi, bu esa kasalliklarning keng tarqalishiga olib keladi", - deydi Al-Mutavakkil.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid