Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyek Ma eng boy xitoylik nomini qaytib oldi
Alibaba asoschisi va rahbari Jyek Ma Hurun nashri talqini bo‘yicha oxirgi 4 yil ichida 2 marta Xitoyning eng boy odami reytingiga boshchilik qilmoqda.
Maning boyligi bir yil ichida 35 foizga ko‘payib, hozirda 39,1 mlrd dollarga baholanmoqda.
Ro‘yxatning 2-o‘rnini Evergrande developerlik kompaniyasi boshqaruv raisi Syuy Tszyain 36,2 mlrd dollar bilan egallagan. 3-o‘rin Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi rahbari, boyligi 34,8 mlrd dollarga baholangan Ma Xuatenga (Poni Ma nomi bilan ham ma'lum) berilgan.
TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, Xitoyda hammasi bo‘lib 620 nafar dollardagi va 1893 nafar yuandagi milliarder mavjud. Ularning soni 2018 yilda 11 foizga kamaygan, bunga Xitoy birjalarining 20 foizga qulashi hamda Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo urushi sabab bo‘lgan. Natijada ro‘yxatdan 456 kishi chiqib ketgan, bu esa reytingning 20 yillik tarixidagi eng maksimal ko‘rsatkichdir.
Avvalroq Jyek Ma bir yildan keyin Alibaba rahbari lavozimini tark etishi ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, tadbirkor o‘z lavozimini kompaniya bosh direktori Deniel Chjangga bo‘shatib beradi.
Mavzuga oid
13:49 / 30.01.2025
Alibaba DeepSeek’dan ustun sun’iy intellekt ishlab chiqqanini ma’lum qildi
19:37 / 12.03.2023
«Milliarderlar ovi». Nega Xitoyda yirik ishbilarmonlar g‘oyib bo‘lmoqda?
20:31 / 03.05.2022
Ma ismli shaxs hibsga olingani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Alibaba aksiyalari narxi tushib ketdi
18:21 / 05.11.2021