Fan-texnika | 16:27 / 11.10.2018
18309
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston biron marta ham Google’dan foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotini so‘ramagan

Foto: Robert Galbraith / AFP/ Getty Images

2018 yilning yanvaridan iyunigacha Google foydalanuvchilar ma'lumotlarini taqdim etish borasida davlat organlaridan 60 mingga yaqin murojaatlar qabul qildi. Bundan kompaniya tomonidan e'lon qilingan statistik ma'lumotlar darak bermoqda. Bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 18%ga ko‘pdir.

Turli mamlakatlardagi davlat idoralari jami 126 ming foydalanuvchi akkaunti bo‘yicha ma'lumot taqdim etishni so‘rashgan (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 52 foizga ko‘p).

Eng ko‘p so‘rovlar Qo‘shma Shtatlardan kelib tushgan (20,9 ming kishi), ularning 82 foizi qanoatlantirilgan. Ikkinchi o‘rinda Germaniya (7,4 ming - 60 foiz), uchinchi - Fransiya (6,2 ming - 62 foiz).

Google har bir olti oyda davlat organlaridan foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlariga oid so‘rovlar miqdori bo‘yicha ma'lumotlarni e'lon qilib boradi. Kompaniya 2011 yilning birinchi yarmida ushbu ma'lumotni ilk bor e'lon qilgan va avvaliga faqat foydalanuvchilar hamda akkauntlar sonini oshkor qilgan.

Statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston davlat organlari Google’ga bir marta ham murojaat qilmagan. Markaziy Osiyodan buni qilgan yagona davlat - Qozog‘iston, u 5 marotaba so‘rov yuborgan va ularning bariga rad javobi berilgan. So‘nggi marta 2016 yilda.

Google’dan foydalanuvchi haqida ma'lumotni olish uchun davlat organi qonun bilan nazarda tutilgan hujjatni: sudga chaqiriq qog‘ozi, sud qarori yoki tintuv qilishga orderni taqdim etishi shart. 

Mavzuga oid