Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada urush bo‘lsa AQShni nima kutayotgani aytildi
Yevropada katta ko‘lamli urush boshlansa, amerikalik harbiylar ixtilof hududlariga yetib borishlari dargumon, deb yozmoqda Defense News nashri.
Maqola muallifi Devid Larterning ta'kidlashicha, AQSh Yevropada to‘qnashuvlar ehtimoliga “poydevor” shakllantirishni boshladi.
“Biroq urush ertagayoq boshlangudek bo‘lsa, amerikalik harbiylarga tank, og‘ir qurol va qurilmalarni tashlash juda qiyin bo‘ladi”, deb aytilgan maqolada.
Ta'kidlanishicha, bugungi kunda AQShda qurollarni tashish uchun kemalar Ikkinchi jahon urushidagidan ancha kamroqdir. Bu orada AQShning bosh nazorat-byudjyet boshqarmasi nosoz texnikalar soni munatazam oshib borayotganini aytmoqda.
AQShdagi jangovar shay holatdagi zaxiradagi 46 ta kemaning barchasi ancha eskirib qolgan, ularning xizmat muddati poyoniga yetmoqda, deb ta'kidlab o‘tgan Larter. Bundan tashqari, AQSh harbiy-dengiz kuchlari kadrlar bilan muammo sezmoqda: yosh muhandislar eskirib qolgan kuch qurilmalari bilan ishlashni bilmaydilar, yuqori malaka mutaxassislar esa tez orada pensiyaga ketadilar.
Maqolada aytilishicha, AQSh Yevropaga yetarlicha miqdorda qo‘shin tashlasa ham, uni yana bir jiddiy muammo kutadi: ular o‘z kontingentini qanday ta'minlashi noma'lum.
“AQSh safarbarlik salohiyatining pasayishi Vashingtonda xavotir uyg‘otmoqda, chunki milliy xavfsizlik tuzilmasi Xitoy va Rossiya tomonidan qo‘sh tahdidga qarshi turishga to‘qnash keldi”, deb yozilgan maqolada.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025