Jahon | 19:30 / 12.10.2018
6732
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi yonib ketdi  

Germaniyada Keln-Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi ICE poyezdi harakatlanayotganda yonib ketdi. Poyezddagi 510 yo‘lovchi evakuatsiya qilingan, 5 kishi yengil jarohat olgan. 

Voqea mahalliy vaqt bilan 6:30da, poyezd ikki stansiya orasida harakatlanayotganda yuz bergan. Ta'kidlanishicha, poyezdning oxirgi 2 vagoni to‘liq yonib ketgan. Yo‘lovchilar avtobuslar bilan yaqin oradagi stansiyaga yetkazilib, u yerdan yo‘llarini davom ettirishgan.

Foto: EPA 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in texnik nosozlik sababli yuz bergan. 

Foto: EPA 
Foto: EPA 
Foto:  picture-alliance/dpa

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid