Jahon | 12:16 / 13.10.2018
8694
1 daqiqa o‘qiladi

Nepalda to‘qqiz nafar alpinist halok bo‘ldi

Foto: Wikipedia

Nepalning g‘arbida joylashgan tog‘larda to‘qqiz nafar alpinist halok bo‘ldi. Bu haqda The Himalayan Times xabar qilmoqda.

Fojia Dxaulagiri tog‘ tizmasining janubiy yon bag‘rida sodir bo‘lgan. 3500 metr balandlikda joylashgan sayyohlar lageriga ko‘chki tushgan, shundan so‘ng qor bo‘roni boshlandi.

Qutqaruv vertolyoti 13 oktabr kuni ertalab yuborilgan.

Iyul oyida rossiyalik ikki alpinistlar Pokistondagi 7145 metr balandlikda joylashgan Latok 1 tepaligiga chiqishdi. Ulardan biri, Sergey Glazunov tog‘dan tushib ketdi va halok bo‘ldi. Ikkinchi rossiyalik - Aleksandr Gukov - qutqarildi. Uzoq vaqt davomida vertolyotlar yomon ob-havo sharoiti tufayli uni chiqarib olisholmadi. Alpinist kasalxonaga og‘ir ahvolda olib borildi.

Mavzuga oid