Jahon | 08:50 / 15.10.2018
6426
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShning Turkiyadagi elchixonasini yopmoqchi bo‘lgan – OAV  

Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyada hibsda ushlab turilgan amerikalik pastor Endryu Bransonning ozod etilmayotgani sababli Turkiyadan barcha diplomatlarni qaytarib olishni rejalashtirgan. Bu haqda Oq uy va davlat departamentidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda ABC News telekanali ma'lum qildi.  

Ma'lum qilinishicha, Tramp Branson bilan bog‘liq vaziyat sababli Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘andan juda darg‘azab bo‘lgan. Jumladan, u AQShning Turkiyadagi elchixonasi va barcha dimlomatik vakolatxonalarining yopilishi rejasini tuzib chiqish topshirig‘ini bergan.

Ta'kidlanishicha, Trampning atrofidagilar uning bu tashabbusini turlicha qabul qilishgan. Xususan, Oq uy apparati rahbari Jon Kelli Turkiyadan faqatgina yordamchi personalni olib chiqishni taklif qilgan bo‘lsa, Trampning maslahatchisi Jon Bolton prezidentning tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan. 

Trampni ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga tuzatib bo‘lmas zarba berishi mumkin bo‘lgan bu fikridan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo qaytara olgan.

Shu bilan birga AQSh davlat departamentida Tramp bunday tashabbusni bildirgani haqidagi axborot rad etilgan, Oq uyda esa unga izoh berishdan bosh tortilgan.

Branson 2016 yilda turk idoralari tomonidan davlat to‘ntaruviga urinish ayblovi bilan xibsga olingan. 12 oktabrda Turkiyaning Izmir shahri sudi Bransonni 3 yil 1,5 oylik qamoq jazosiga mahkum qilgan, biroq u hibsda ushlab turilgan vaqtni hisobga olib, uni ozod etishga qaror qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid