Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV: ustasi farang firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Shu yil 15 oktabr kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2015-2016 yil davomida Markaz 5-dahada yashovchi R.O. va ukasi E.O. fuqaro F.K.ga birgalikda ko‘p qavatli uylarni qurib, sotishni hamda ko‘p daromad olishlikni aytib, aldov yo‘li bilan undan 5 000 AQSh dollari pullarini olgani va shu kunga qadar bergan va'dalarini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklari ko‘rsatilgan.
R.O. va E.O. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025