Samarqandda kuppa-kunduzi dahshatli qotillik yuz berdi
Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi 19 yoshli S.R. hamshahri, 39 yoshli A.B.ga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Pichoq vositasida yetkazilgan jarohatlardan so‘ng A.B. hayotdan ko‘z yumgan, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar qilishicha, 15 oktabr kuni S.R. Sartepa massivi hududidagi «Erkin savdo» majmuasi yaqinidagi avtomobillar ehtiyot qismlari do‘konida A.B. bilan janjallashib qolgach, uning tanasiga oshxona pichog‘i bilan bir necha jarohat yetkazgan.
A.B. jon holatda voqea joyidan qochib, o‘z hayotini saqlab qolishga uringan, biroq jahl otiga mingan S.R. uni quvib yetib, yana bir necha bor pichoq urgan. Natijada, A.B.ning joni uzilgan.
Dahshatli qotillikni amalga oshirgan S.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
09:28 / 08.11.2024