Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston internet tezligi reytingida o‘z o‘rnini biroz yaxshiladi
Irlandiya Ookla kompaniyasining Speedtest.net internet-servisi sentabr oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi simsiz va sim orqali ulanuvchi internet tezligi haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e'lon qildi.
Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston bir pozitsiyani yo‘qotdi va 124 o‘rindan 110-o‘rinni egalladi (tezlik 9,63 Mbit/s.dan 9,93 Mbit/s.gacha ko‘tarildi).
Sim orqali ulanuvchi internet tezligida mamlakat ikki pozitsiyaga ko‘tarildi va hozir 130 o‘rindan 118-pog‘onani egallab turibdi (tezlik 7,98 Mbit/s.dan 8,69 Mbit/s.gacha ko‘tarildi).
Norvegiya mobil internet tezligi bo‘yicha hamon yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab turibdi (67,12 Mbit/s), Singapur - sim orqali ulanuvchi tezlik bo‘yicha (184 Mbit/s).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «O‘zbektelekom» monopoliyasi cheklanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025