Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haiti prezidentiga suiqasd qilindi
Haiti prezidenti Jovenel Moizga noma'lum kimsalar tomonidan suiqasd qilindi. Moiz ushbu hujum oqibatida jabrlanmagan, deb xabar berdi Haiti Libre portali.
Moizga suiqasd Pon-Ruj shahrida, Haiti davlati asoschisi va uning birinchi hukmdori Jan-Jak Dessalin vafotining 212 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda sodir etilgan.
Ma'lum qilinishicha, Moiz Dessalin me'moriy yodgorligiga gul qo‘yayotganda unga qarata o‘t ochilgan. Moizning tansoqchilari uni xavfsiz joyga olib ketishga muvaffaq bo‘lishgan.
Hujum oqibatida prezident xavfsizlik xizmatining ikki xodimi yaralangan. Voqeaning qolgan tafsilotlari ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi
12:57 / 17.02.2025
Akayev, Yanukovich, endi Asad – Moskvadan panoh topgan sobiq hukmdorlar
22:49 / 11.02.2025
Ruminiya prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi
17:12 / 11.02.2025