Rossiya Azov dengizida Ukraina va NATO mashqlariga rozilik bermaydi

Foto: RT
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Azov dengizida NATO mashqlarini o‘tkazish bo‘yicha rejalari amalga oshishi dargumon. Bu haqda RT xabar bermoqda.
«Hozir Ukraina NATO mashqlarini Azov dengizida o‘tkazishni xohlamoqda, lekin u yerga kirishning imkoni bo‘lmaydi, sababi Ukraina bilan kelishuvimiz harbiy kemalarning Azov dengiziga o‘tishiga o‘zaro rozilik berilishini talab qiladi», - dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi harakatlari provokatsiyadir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyani Ukrainaga aviazarbalarda ayblagandi.
Mavzuga oid

17:12
Xitoy o‘z fuqarolarining Rossiya tomonida turib Ukrainadagi urushda ishtirok etayotganini rad etdi

14:15
Belgiya Ukrainaga milliard yevro va F-16 qiruvchilarini beradi

11:58
BMT 13 mingga yaqin ukrainalik tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

20:56 / 08.04.2025