Sport | 08:36 / 20.10.2018
14107
1 daqiqa o‘qiladi

“Milliy” stadioni rahbariyati tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etadi

Foto: UzA

Toshkent shahrida joylashgan “Milliy” stadioni tom ma'noda poytaxtning bezagi hisoblanib, shahar ko‘rkiga ko‘rk baxsh etib turibdi. 

Bu maskan O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun ham e'tiborga molik joylardan biri ekani hech kimga sir emas. Stadionga yangi rahbariyat tayinlanganidan so‘ng “Milliy” o‘yingohini yanada ko‘rkamlashtirish, undan oqilona foydalanish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga “Milliy” stadioni rahbariyati O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni ham hamkorlikka taklif qilib qoladi. Agar Sizda yangi biznes rejalar, qiziqarli g‘oyalar bo‘lsa, tortinmasdan o‘z takliflaringizni bildirishingiz mumkin. “Milliy” stadion rahbariyati qiziqarli biznes loyihalarni ko‘rib chiqishga va ularni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor. 

Murojaat uchun telefon: +998983119955

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid