Jahon | 14:22 / 20.10.2018
8993
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Azov dengizidagi flotni eng katta qo‘riqlash kemasi bilan kuchaytirdi

Foto: Ukraina Davlat chegara xizmati

Ukraina Davlat chegara xizmatining Mariupol dengizni qo‘riqlash otryadiga qarashli BG-32 «Donbass» qo‘riqlash kemasi Azov dengizi suvlariga qaytdi. Bu haqda «112 Ukraina» mahkama vakillariga asosan xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, kemani ta'mirlash va modernizatsiya qilish ishlarini tegishli tenderda g‘olib chiqqan Azov kemasozlik zavodi amalga oshirdi. Shundan so‘ng, mutaxassislar qisqa muddat ichida kemani tekshiruvdan o‘tkazishdi va alohida tizimlar hamda mexanizmlarni ta'mirlashdi, korpusni bo‘yashdi va yoqilg‘i hamda ballast sisternalarga xizmat ko‘rsatishdi.

Tegishli ishlar tugallangandan so‘ng, kema suvga tushirildi va sinovlardan o‘tkazildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Azov dengizida Ukraina va NATO mashqlariga rozilik bermasligi xabar qilingandi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Azov dengizida NATO mashqlarini o‘tkazish bo‘yicha rejalari amalga oshishi dargumon.

Mavzuga oid