Video: qiz Lukashenkoning kortejiga yo‘l berishdan bosh tortdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 19 oktabr kuni Grodno shahriga tashrif bilan keldi. Shaharda yo‘lni svetoforning ruxsat beruvchi chirog‘ida kesib o‘tayotgan qiz davlat rahbari kortejiga yo‘l berishdan bosh tortgan. NewGrodno nashri tegishli videoni e'lon qildi.
Video 18 oktabrda tasvirga olingan - Belarus prezidentining korteji Lukashenko tashrifi arafasida shaharga yetib kelgan. Bir necha avtomobildan iborat kortej signal chiroqlari va yoqilgan sirena bilan davlat rahbari uchun belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatlangan.
Kortej shahardagi restoranlardan birining yonidagi tartibga solinuvchi chorrahadan o‘tishi lozim edi. «Kortej ko‘chadan o‘tayotgan paytda, svetoforda piyodalar uchun yashil chiroq yondi. Kim ketayotganiga umuman beparvo munosabatda bo‘lgan qiz yo‘lni svetoforning ruxsat beruvchi chirog‘ida kesib o‘ta boshladi», - deya izohlagan videorolikda tasvirlangan holatni nashr.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko urushga tayyorgarlik haqida gapira boshlagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:47 / 23.11.2024
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
21:16 / 22.11.2024
Lukashenko Belarusda norozilik namoyishlari takrorlansa, internetni «butunlay o‘chirib qo‘yish» bilan tahdid qildi
20:52 / 20.11.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
01:38 / 19.11.2024