Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida to‘pponchadan o‘q uzgan shaxs ushlandi
Bugun, 21 oktabr kuni taxminan soat 12.00da Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan avto ehtiyot qismlari bozori oralab qo‘lida to‘pponcha bilan yurgan shubhali shaxs aniqlangan. Atrofdagi xaridor va sotuvchilar e'tiborini tortgan shaxs haqida IIB xodimlariga murojaat qilingach, voqea joyidan uzoqda bo‘lmagan IIB xodimlari shubhali shaxs bilan suhbatlashgan.
Ma'lum qilinishicha, 1979 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro N.A. pnevmatik to‘pponcha bilan havoga o‘q uzgandan so‘ng, atrofdagilarning e'tiborini tortgan. N.A. qarindoshining tug‘ilgan kunini o‘ziga xos nishonlash uchun qo‘lidagi pnevmatik qurol bilan havoga o‘q uzgani bildirildi.
Toshkent shahar IIB Axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, N.A. voqea joyidan Sergeli tumani Ichki ishlar bo‘limiga keltirilgan. Ayni paytda uning harakatlari o‘rnatilgan tartibda o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
20:24 / 19.05.2025
Toshkentda ruhiy kasal erkak ichki ishlar xodimini pichoqladi
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
10:06 / 21.04.2025