Jamiyat | 13:48 / 22.10.2018
23986
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryolik ayol turmush o‘rtog‘ini pichoqladi

Illyustrativ foto

Shu yil 21 oktabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi M.M. (ayol) uyida oilaviy janjal tufayli mast holda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i T.I.ga pichoq bilan jarohat yetkazishi natijasida T.I. voqea joyida vafot etgan. M.M. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid