Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoshiqchi ishi. Merkel bayonot berdi
Germaniya kansleri Angela Merkelning ma'lum qilishicha, ayni damda Saudiya Arabistoniga qurol eksportini davom ettirish mumkin, deb hisoblamaydi. Bu haqda u matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar beradi Reuters.
Bunday qaror saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hukumati qotillikni qoralaydi. Merkel, shuningdek, voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirishga chaqirdi.
«Qurol-yarog‘ eksportiga keladigan bo‘lsak, uni hozirgi sharoitda amalga oshirish mumkin emas», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Germaniya kansleri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni bosh prokurori saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi haqida ma'lum qilgandi.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida janjal yuz bergan, bu mushtlashuvga olib kelgan, so‘ng Qoshiqchi hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025