Jahon | 09:26 / 24.10.2018
3357
1 daqiqa o‘qiladi

Changyutgichlar ishlab chiqaruvchi Dyson kompaniyasi endi elektrokarlar yig‘moqchi

Foto: dysonbuildingcenter.com

Changyutgichlar ishlab chiqaruvchi Dyson britan kompaniyasi Singapurda elektrokarlar ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqchi. Zavod 2019 yil dekabrdan qurila boshlanadi, mashinalarni yig‘ishni 2021 yildan boshlash rejalashtirilgan. 

Kompaniya rahbariyatining ma'lum qilishicha, Singapurda zavod ochish qarori yuqori malakali mutaxassislar, ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi ko‘plab hududiy kompaniyalar mavjudligi va kompaniya uchun muhim bozorlarning yaqinligi bilan asoslangan. 

Avgust oxirida Dyson Xallavingtondagi parvoz maydonida joylashgan texnologik majmuasini kengaytirishga 200 mln funt sterling ajratishi ma'lum bo‘lgan. Bu yerda elektromobil ishlab chiqarishga javob beruvchi mutaxassislar ish olib bormoqda.

Kompaniya o‘z elektrokarini ishlab chiqarish rejasi haqida 2017 yil bo‘lishgan. Kompaniya mashinalar va akkumulyatorlarni ishlab chiqarishga 2 mlrd dollar ajratadi. 

Mavzuga oid