Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pashinyan Armaniston bosh vaziri lavozimiga yagona nomzod bo‘ldi
Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan bosh vazir lavozimiga yagona nomzod bo‘ldi.
Pashinyan nomzodi “Yelk” parlament fraksiyasi tomonidan ilgari surilgan. Boshqa fraksiyalar o‘z nomzodlarini taklif qilmagan. Nomzodlarni taklif qilish uchun arizalarni berish muddati yakuniga yetib bo‘lgan.
16 oktabrda Pashinyan parlamentni tarqatish va muddatdan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish uchun bosh vazir lavozimidan iste'foga chiqqan.
Prezident Armen Sarkisyan hukumatning iste'foga ketkazilishi haqidagi farmonni imzolagan.
Bosh vazir saylovlarining 1-bosqichi Armaniston parlamentida 24 oktabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
08:23 / 22.03.2025