Jahon | 21:53 / 25.10.2018
20518
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘lidan smartfonni bir hafta qo‘ymagan ayolning barmoqlari falajlanib qoldi 

Xitoyning Chansha shahrida yashovchi ayol ta'til olgach, uni o‘zi uchun unumliroq o‘tkazish o‘rniga, uyida smartfoni bilan o‘tkazishga qaror qildi. U smartfonga shunchalik mukkasidan ketganki, oxir-oqibat bu yaxshilik bilan tugamagan.

Ayol uxlagandan tashqari, bir hafta davomida smartfonni qo‘lidan tushirmagan. Ma'lum vaqtdan keyin uning o‘ng qo‘lida kuchli og‘riq paydo bo‘lgan. Biroq bu ham ayolni barmoqlari ishlamay qolgungacha "sevimli mashg‘uloti" bilan shug‘ullanishdan qaytarmagan. Oqibatda uning barmoqlari smartfonni qanday ushlagan bo‘lsa, shunday tarzda qotib qolgan.

Bundan vahimaga tushgan ayol shifokorlarga murojaat qilgan. Shifokorlar ayolda tenosinovit – paylar sinovial qobig‘ining yallig‘lanishi tashxisini qo‘yishgan. Ayolga yordam berishga muvaffaq bo‘lingan va kelgusida smartfonlarga mukkasidan ketmay, barmoqlariga dam berib turish tavsiya qilingan.

Mavzuga oid