Jamiyat | 19:44 / 26.10.2018
23942
2 daqiqa o‘qiladi

“Captiva”ning to‘xtatilishi 265 million so‘mlik mahsulotlarning noqonuniy aylanmasini fosh etdi 

Oldindan olingan tezkor ma'lumot asosida fuqaro A.Sh boshqaruvidagi “Captiva” rusumli avtomashina noqonuniy tovarlar tashishda gumonlanib, Namangan shahridagi Kurashxona MFY hududiga yetib kelgan vaqtida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida muqaddam Qirg‘iziston Respublikasidan bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llar orqali olib o‘tilgan jami 5 mln. so‘mlik 23 dona qutiga joylangan 417 kg banan mevalari borligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Shundan so‘ng fuqaro Sh.A.ning ko‘rsatmasi asosida ushbu mahsulotlar ortilgan fuqaro Q.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida Sh.A.ga tegishli bo‘lgan muqaddam Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy aylanma yo‘llar orqali olib o‘tilgan jami 260 mln so‘mlik 3 turdagi tovarlar - 513 kg banan mevalari, 7 turdagi 123 dona “HERBA LIFE ALOE” parfyumeriya tovarlari hamda 26 turdagi 1940 dona biologik qo‘shimchalar (HERBA LIFE protein) tovarlari noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi. 

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tadbir davomida aniqlangan 260 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklar vaqtincha saqlovga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid