Sport | 22:00 / 27.10.2018
8731
1 daqiqa o‘qiladi

Xulen Lopetegi: «Umid qilamanki, klasikodan keyin o‘lib qolmayman»

«Real» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi La Liga 10-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yindan oldin, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barselona» - «Real» o‘yiniga hech narsa teng kelolmaydi: eng yuqori darajadagi bahs.

Klasikodan keyin? Umid qilamanki tirik qolaman, o‘lmasam kerak. Hammamiz kuch-quvvatga to‘lamiz. Mening quvvatim jamoaga yordam berishga yo‘naltiriladi. Quvvatim 100%.

Messining yo‘qligi? Biz e'tiborni o‘yinga qaratamiz, o‘z imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalanmoqchimiz. Biz har qanday holatda yaxshi himoyalanishimiz kerak, raqibning eng yaxshi futbolchisi tarkibda bor yoki yo‘qligidan qat'i nazar», – dedi Lopetegi.

«Barselona» - «Real» o‘yini 28 oktabr kuni soat 19:15da boshlanadi.

Mavzuga oid