Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda eng tez o‘sayotgan sayyohlik yo‘nalishlari ma'lum qilindi
Jahon turistik tashkiloti (UNWTO) tahlilchilari oxirgi hisobotlarida xorijiy turistik oqimlar bo‘yicha eng katta o‘sishga ega bo‘lgan 10 davlat nomini ma'lum qilishdi.
2017 yil natijalariga ko‘ra turistik oqimlar o‘sishi dinamikasi bo‘yicha 1-o‘rinni Misr egallagan. Tahliliy ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda Misrda 2016 yilga nisbatan xorijiy turistik oqim 55,1 foizga o‘sgan.
Misrga asosan G‘arbiy Yevropa davlatlaridan (Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Fransiya) sayyohlar tashrif buyuradi.
2-o‘rinni Togo (G‘arbiy Afrika) egallagan (yillik o‘sish 46,7 foiz). Gvineya ko‘rfazidagi ushbu davlatga 2018 yilda deyarli yarim million xorijiy sayyoh kelgan.
Yetakchi uchtalikni 29,1 foizlik o‘sish bilan Vetnam yakunlamoqda. Bu yerga keluvchi xorijiy sayyohlarning uchdan bir qismini xitoyliklar, beshdan birini janubiy koreyaliklar, qolgan qismini asosan yaponlar, tayvanliklar va amerikaliklar tashkil qiladi.
Yetakchi beshtalikdan Gruziya (27,9 foizlik o‘sish) va Falastin muxtoriyati (+25,7 foiz) ham joy olgan. O‘ntalikka Okeaniyadagi orol davlat Niue ( (25,4 foiz), Nepal (24,8 foiz), Isroil (24,6 foiz), Shimoliy Mariana orollari (24,3 foiz) hamda Turkiya va Islandiya (24,1 foizdan) kiritilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025