Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obligatsiyalarni banklar o‘rtasida joylashtirish auksion orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Markaziy bank obligatsiyalari bu – obligatsiya egasiga belgilangan muddatda foiz hisobida kuponli daromad olish huquqini beruvchi elektron shaklda chiqariladigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar ekanligi belgilandi.
Nizomga ko‘ra obligatsiyalar kreditlar uchun garov ta'minoti va RePO (obligatsiyalarni belgilangan muddat va narxda qayta sotib olish majburiyati bilan sotish bo‘yicha ikki tomonlama harakat) bitimlarida oldi-sotdi obekti bo‘lishi mumkin.
Obligatsiyalar chiqarilishi alohida emissiya tarzida amalga oshiriladi. Har bir chiqarilgan emissiyaga o‘n belgili razryaddan (X1X2X3X4X5X6X7X8X9X10) iborat identifikatsion raqam beriladi va Global sertifikat bilan rasmiylashtiriladi.
Birinchi razryad (X1) – “2” raqami qimmatli qog‘ozning turini ko‘rsatadi.
Ikkinchi razryad (X2) - qimmatli kog‘ozning muomala davrini ko‘rsatadi:
• “1” - uch oy muddatga;
• “2” - olti oy muddatga;
• “3” - to‘kkiz oy muddatga;
• “4” - o‘n ikki oy muddatga muomalada bo‘lgan obligatsiyalar uchun.
Obligatsiyalarni tijorat banklari o‘rtasida joylashtirish auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
Auktsion savdolari ikki xil usulda o‘tkaziladi:
• “amerikacha” usul - raqobatli buyurtmalar ularda taklif etilgan foiz stavkalari bo‘yicha qondiriladi;
• “gollandcha” usul - raqobatli buyurtmalar chegirish foiz stavkasi bo‘yicha qondiriladi.
Mavzuga oid
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:29 / 04.02.2025