Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudyalar hayoti va sog‘lig‘i majburiy sug‘urta qilinadi
Hukumat qarori bilan Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq, davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud tomonidan “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan bir yil muddatga tuziladi.
Majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasi sudyaning ellik oylik ish haqiga teng summa hisoblanadi.
Sug‘urta mukofoti sug‘urta qilingan shaxslar sonini sug‘urta summasiga va 0,238 foiz miqdorida belgilangan sug‘urta tarifiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi.
Shuningdek nizomga ko‘ra sug‘urta qilingan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
• sug‘urta to‘lovini to‘lash haqida yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilish;
• sug‘urta to‘lovi olish;
• belgilangan tartibda hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish;
• sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma'lumotlarni olish.
Nizomda sug‘urtalovchi quyidagi holatlarda sug‘urta to‘lovini to‘lashi qayd etilgan:
• sudya ishlayotgan davrda yoki vakolat muddati tugaganidan keyin o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda olingan tan jarohatlari yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan halok bo‘lganda — uning merosxo‘rlariga sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida;
• sug‘urta qilingan shaxsga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi oqibatida nogironlik belgilangan bo‘lsa — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;
• sudyaga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda kasbga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yo‘qolishiga olib kelmaydigan tan jarohatlari yetkazilganda — sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida.
Mavzuga oid
17:12 / 26.05.2025
«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi
13:00 / 09.04.2025
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi
15:07 / 25.02.2025
Ayrim asbob-uskunalarni sug‘urtalash xarajati bir qismi qoplab beriladi
14:53 / 11.02.2025