Jahon | 09:34 / 31.10.2018
4351
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR tekshiruvlar uchun Pxungeri poligonini tayyorlay boshladi

Foto: REUTERS

KXDR xorijiy tekshiruvlar uchun Pxungeri poligonini tayyorlash ishlarini boshladi, deya xabar beradi RIA «Novosti».

Bu haqda Janubiy Koreya Demokratik partiyasi kotibi Kim Min Gi xabar berdi.

«Shimoliy Koreya yadrosizlanish bo‘yicha tashabbus sifatida Pxungeri poligonini yopdi hamda Tonchxanni raketa poligonidagi qator obektlarni buzib tashladi, razvedka faoliyati va xorijiy inspeksiya guruhi tashrifiga tayyorgarlik ishlari payqaldi», - dedi Kim Min Gi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR xalq qurolli kuchlari vaziri o‘rinbosari Kim Xyon Ryon mamlakat Koreya yarim orolida uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etishi haqida ma'lum qilgandi.

«KXDR keskinlikni kamaytirish va Koreya yarim orolida uzoq muddatli tinchlikka erishish maqsadida o‘z majburiyatlari hamda rolini bajarishda davom etmoqchi», - deya ma'lum qildi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid