Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Konte bilan kelisha olmadi, buning sabablari ma'lum
«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Kontening «Real» boshqaruviga kelishi katta so‘roq ostida qolmoqda.
Marca xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis muzokaralar davomida jamoani o‘z falsafasi asosida qurishida hech kim unga to‘sqinlik qilmasligiga kafolat berilishini talab qilgan.
Bundan tashqari, u markaziy hujum chizig‘ini to‘la isloh etmoqchiligini va «qaymoqranglilar» uch himoyachi bilan o‘ynay boshlashini aytgan.
Manbaning qayd etishicha, «Real» rahbariyati bu talablarni bajarish imkonsiz, deb hisoblagan va shu boisdan Konte nomzodi kun tartibidan olingan.
Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Kontening «Chelsi» bilan o‘rtadagi bitimini bekor qilmagani va buning ortidan kelib chiqadigan xarajatlar Madrid uchun muammo bo‘lib turgani aytib kelingan edi.
Avvalroq «qirollik klubi» Belgiya terma jamoasi bilan JCh-2018da muvaffaqiyatga erishgan ispaniyalik murabbiy Roberto Martinesni jamoaga taklif etishi mumkinligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025