Jahon | 10:51 / 01.11.2018
13007
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada halokatga uchragan Boeing’ning «qora qutisi» suv yuzasiga ko‘tarildi

Foto: Fauzy Chaniago/AP

Qidiruv amaliyoti ishtirokchilari dengizga qulagan Boeing 737 MAX 8 samolyotining «qora qutilari»dan birini suv yuzasiga olib chiqishdi. Bu haqda The Jakarta Post yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bortdagi o‘ziyozar qurilma g‘avvoslar yordamida topilgan. Aniqlanganidan so‘ng, uni maxsus konteynerga joylashtirishdi va suv yuzasiga ko‘tarishdi.

29 oktabr kuni Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeroportidan parvoz qilgach halokatga uchradi. Samolyot parvozga chiqqanidan keyin taxminan o‘n daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan. Indoneziyada halokatga uchragan samolyot bortida 189 kishi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyada qulagan Boeing  «qora qutisi»dan signal yaxshilangani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid