Jahon | 09:42 / 01.11.2018
12023
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada qulagan Boeing  «qora qutisi»dan signal yaxshilangani ma'lum qilindi

Foto: Antara Foto Agency/Reuters

Indoneziya Transport xavfsizligi bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosarining ma'lum qilishicha, dengizga qulagan Boeing 737 MAX 8 «qora qutisi» deb hisoblanayotgan obektdan ketayotgan signal ancha yaxshilangan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

29 oktabr kuni Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeroportidan parvoz qilgach halokatga uchradi. Samolyot parvozga chiqqanidan keyin taxminan o‘n daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan. Indoneziyada halokatga uchragan samolyot bortida 189 kishi bo‘lgan.

«Halokatga uchragan Boeing’ning «qora qutisi»dan kelayotgan signal tovushi ancha yaxshilangan», - deya xabar berdi amaldor.

Shuningdek, uning aytishicha, rasmiylar samolyot parchalarini qidirish uchun masofadan boshqariladigan suv osti apparatidan foydalanishmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda dengiz tubida Boeing korpusining «katta qismi» topilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyada halokatga uchragan Boeing’ning ehtimoliy parchalari topilgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid