Jahon | 20:22 / 04.11.2018
4618
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda nasroniylarga hujum qilinishiga aloqador 19 terrorchi yo‘q qilindi

Foto: RIA Novosti / Fayyed El-Geziri

Misr kuch tuzilmalari 2 noyabrda nasroniylar avtobusiga hujumga aloqador 19 terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda Misr ichki ishlar vazirligida ma'lum qilindi. 

Ma'lum qilinishicha, politsiyachilar terrorchilar yashiringan joyni shturm bilan olishgan. Yuzaga kelgan to‘qnashuv davomida barcha terrorchilar yo‘q qilingan. 

2 noyabrda Misrning Al-Minya viloyatidagi Avliyo Samuil cherkoviga yo‘l olayotgan nasroniylar avtobusi noma'lum kishilar tomonidan o‘qqa tutilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi yaralangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid