Sport | 18:47 / 04.11.2018
22729
1 daqiqa o‘qiladi

Og‘ir atletika. O‘zbekiston jahon chempionatidagi ilk medalni qo‘lga kiritdi

Foto: MOQ

Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. 

Bugun, 4 noyabr kuni chempionatda -67 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Doston Yoqubov dast ko‘tarishda 139 kg., siltab ko‘tarishda 180 kg. tosh ko‘tardi va umumiy hisobda 319 kg. natija ko‘rsatdi.

Siltab ko‘tarishdagi 180kg. natija orqali Doston Yoqubov ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etdi va kumush medalga ega chiqdi. Bu medal O‘zbekiston jamoasining chempionatdagi ilk medali bo‘ldi.

Foto: MOQ
Foto: MOQ

 

Mavzuga oid