Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada prezidentga suiqasd tayyorlagan 6 kishi qo‘lga olindi
Frantsuz politsiyasi mamlakat prezidenti Emmanyuel Makronga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan 6 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda BFM TV telekanali xabar tarqatdi.
6 noyabr tongida Izer, Il hamda Vilen va Mozel departamentlarida prezident hayotiga xavflar yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlar asosida Fransiya Ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi tomonidan maxsus reyd tashkil etilgan.
Qo‘lga olinganlar radikal qarashlarga ega shaxslar ekani aytilmoqda. Ular ultrao‘ng kuchlar vakili bo‘lishi mumkin.
Ayni vaqtda prokuratura tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.
Mavzuga oid
07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi
17:12 / 11.02.2025
Kennediga suiqasd ishi bo‘yicha 2400 ga yaqin yangi hujjat topildi
09:13 / 09.02.2025
Tramp AQSh Maxfiy xizmatidan o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganlar haqida ma’lumot so‘radi
23:17 / 28.01.2025