Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy bankida garovga olingan qizni qutqarishda hiyla qo‘llandi (video)
Xitoyning Loxe shahridagi banklardan birida jinoyatchi tomonidan garovga olingan qizni qutqarishda hiyla qo‘llandi. O‘tgan hafta yuz bergan voqeada pichoq bilan qurollangan jinoyatchi mahalliy bankning shoxobchalaridan birini tunash vaqtida 19 yoshli qizni garovga olgan.
Voqea joyiga yetib kelgan maxsus otryad xodimlari jinoyatchini o‘z hamkasblaridan birini qizga almashtirishga ko‘ndira olishgan. Jinoyatchi ko‘zi o‘ngida politsiyachi o‘z hamkasbining qo‘l oyoqlarini bog‘lab qo‘ygan. Qo‘l-oyog‘i bog‘langan politsiyachi o‘g‘ri yoniga sakrab-sakrab borgan, so‘ngra zich tortilmagan arqonlardan qo‘llarini chiqarib, o‘g‘riga qo‘qqisdan hujum qilgan.
Ta'kidlanishicha, politsiyachi voqea oqibatida kichik jarohatlar olgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025