Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti 2019 yilda O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda
2019 yilda O‘zbekistonga Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov Seulda o‘tgan “Koreya-Osiyo 2018 forumi” xalqaro anjumanida ma'lum qildi.

Norovning aytishicha, Toshkent va Seul o‘rtasidagi siyosiy ishonch va hamfikrlikning yuqori darajada ekanligi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun maqbul sharoitlar yaratadi.
“Davlatimizda Koreya Respublikasi prezidentining O‘zbekistonga javob tashrifini tashkillashtirish bo‘yicha barcha zaruriy sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan Norov.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil noyabrda Janubiy Koreyaga safar uyushtirgandi.
Janubiy Koreya prezidenti tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkentda 29-30 noyabrda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Shimoliy iqtisodiy siyosat qo‘mitasi va Xanyang universiteti bilan o‘zbek-koreys seminarini o‘tkazadi.
Ushbu seminar davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit

00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025