Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Namanganda pichoqbozlik oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqda Namanganda ro‘y bergan pichoqbozlik videosi tarqalgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, hodisa Namangan shahri «Go‘zal» massividagi «Sihatgoh» mahallasida sodir bo‘lgan.
Ma'lum bo‘lishicha, 27 oktabr kuni «Barlos» kafesida mojaro chiqqan. Mojaro joyiga kelgan 24 yoshli yigit, N.K. mojaro ishtirokchilaridan biri bo‘lgan J.S.ning yurak sohasiga pichoq bilan zarba bergan va u og‘ir jarohat tufayli vafot etgan.
Youtube'da ko‘rish
Facebook'da ko‘rish
Ayni vaqtda mazkur holat buyicha Namangan shahar prokuraturasi tomonidan N.K.ga nisbatan JKning 97-moddasi (Qasddan qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Kun.uz»ning Namangandagi manbasi ma'lum qilishicha, qotil mahalliy «razborshchik» hisoblanadi. Uning qurboni esa Namangan shahridagi «Oromgoh» massivida yashagan, 21 yoshda bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025