Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» o‘z uyida ochko yo‘qotdi
Londonning «Chelsi» klubi Angliya Premer-Ligasining 12-tur uchrashuvlari doirasida «Everton» bilan o‘ynadi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmay qoldi - 0:0.
«Chelsi» APLdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan bo‘lsada (12 uchrashuvda 8 g‘alaba va 4 durang), turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Londonliklar ketma-ket ikki uchrashuvdagi g‘alabadan keyin yana ochko yo‘qotishga majbur bo‘lishdi.
«Chelsi» ayni vaqtda 28 ochkoga ega, jamoa turnir jadvalida «Siti» (29) va «Liverpul» (30) jamoalaridan ortda qolmoqda, «Everton» 19 ochko bilan — 9-o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda Mauritsio Sarri jamoasi «Tottenhem Hotspur» mehmoni bo‘ladi, «irislar» «Kardiff Siti»ni qabul qiladi. Ikki o‘yin ham 24 noyabr kuniga belgilangan.
Angliya chempionati
12-tur
Chelsi – Everton 0:0 (0:0, 0:0)
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 82), Jorjino (Fabregas, 64), Villian (Pedro, 68), Kante, Azar, Morata.
Everton – Pikford, Kin, Din, Koulmen, Mina, Bernard (Lukman, 64), Andre Gomesh, Uolkott, Sigurdsson (Djagelka, 76), Risharlison (Kelvert-Lyuin, 89), Guyye.
Ogohlantirishlar: Mina (22), Jorjino (28), Kante (33), Bernard (45), Ryudiger (45), Pikford (73), Morata (87).
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025