Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mozambikda Afrikadagi eng uzun osma ko‘prik ochildi
Afrikaning Mozambik davlatida “qora” qit'adagi eng uzun osma ko‘prik ochildi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ikkita minorali 3 kilometrlik ko‘prik Hind okeanidagi Maputu ko‘rfazi ustidan o‘tgan. Ko‘prik Xitoy kompaniyalari tomonidan tashabbus bildirilgan Link Roads loyihasining bir qismi hisoblanadi. Ko‘prik qurilishi Xitoy tomonidan moliyalashtirilgan.
Mozambik hukumati ko‘prik mamlakatda sayyohlik va iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki berishiga umid qilmoqda. U Mozambikning shimoli va janubini bog‘lovchi transport arteriyasiga aylanadi. Ko‘prikning ochilish marosimi Xitoy elchisi ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
2009 yildan boshlab Xitoy Afrikaning bosh hamkori hisoblanadi. Xitoy Afrika davlatlaridan tovarlar import qiladi va bu davlatlar iqtisodiyotiga sarmoyalar kiritadi hamda buning evaziga Afrika davlatlari tabiiy zaxiralarini olish imkonini oladi.




Mavzuga oid
23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
23:39 / 20.03.2025
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
20:43 / 09.03.2025
Afrikaning 15 ta davlati 2024 yilda internetni bloklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi
16:24 / 06.02.2025