Hukumatning Toshkent viloyati bo‘yicha qarori qabul qilindi
2018-2019 yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, qaror bilan 2018-2019 yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.
Shuningdek, 2019 yil 1 iyungacha “Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma” o‘rniga “QR kod” bilan kadastr pasportini berish va qishloq xo‘jaligi yerlari ajratishning auksion tarzida “blokcheyn” orqali amalga oshirish tizimi joriy etiladi.
Dastur doirasida jami 1009 ta loyiha amalga oshirilishi, ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 8 trln 241 mlrd 879 mln so‘m o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan. Dasturni amalga oshirish orqali 19 ming 333 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Dasturda 22 ta davlat bog‘chalarini rekonstruksiya qilish, 17 ta xususiy tibbiyot muassasalari qurish, shuningdek bir qator maktablarni kapital ta'mirlash, sport inshootlari qurish belgilangan.
Bundan tashqari, dasturga muvofiq Chirchiq davlat pedagogika institutida 1 500 o‘rinli yangi o‘quv binosi va 400 o‘rinli talabalar yotoqxonasi barpo etiladi.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024